Ushbu foydalanuvchi shartlari wisdom.uz saytidan foydalanish qoidalari va shartlarini belgilaydi.
1. Umumiy shartlar
1.1. Saytning xizmat va ma'lumotlaridan foydalanish O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi normalariga asoslangan holda amalga oshiriladi.
1.2. Ushbu kelishuv ommaviy oferta hisoblanadi. Saytga kirib, unda joylashtirilgan ma'lumotlarni o'rganishni boshlagan foydalanuvchi, ushbu kelishuv shartlariga roziligini bildiradi.
1.3. Sayt ma'muriyati, o'z ixtiyoriga ko'ra, kelishuvni bir tomonlama o'zgartirish huquqiga ega. Bunday o'zgartirishlar, kelishuvning yangi matni saytda joylashtirilgan paytdan boshlab, 3 kundan so'ng kuchga kiradi. Foydalanuvchi kiritilgan o'zgartirishlardan norozi bo'lgan taqdirda, sayt xizmatlari va unda joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanishni to'xtatib, saytni tark etishi kerak.
2. Foydalanuvchi majburiyatlari
2.1. Foydalanuvchi O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo'lgan va saytning ishlashiga to'sqinlik yoki uni ishdan chiqaruvchi harakatlarni amalga oshirmaslik majburiyatlarini o'z zimmasiga oladi.
2.2. Saytda joylashtirilgan ma'lumotlar, boshqa ommaviy axborot vositalarida (OAV) joylashtirilgan taqdirda, ushbu saytga aktiv havola ko'rsatilishi kerak.
2.3. Foydalanuvchining saytda qoldirilgan sharhlari, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo'lmasligi kerak.
2.4. Sayt ma'muriyati, saytda joylashtirilgan havolalar orqali boshqa saytlarga o'tilgan taqdirda, mas'uliyatni o'z zimmasiga olmaydi.
2.5. Joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalangan holda, foydalanuvchiga moddiy yoki boshqa turdagi yo'qotishlar amalga oshirilsa, sayt ma'muriyati ushbu yo'qotishlarni qoplash mas'uliyatini o'z zimmasiga olmaydi.
2.6. Saytda reklama xizmatlari amalga oshirilishi mumkin va sayt ma'muriyati foydalanuvchi oldida reklama bilan bog'liq bo'lgan hech qanday moddiy majburiyatga ega emas.
3. Boshqa shartlar
3.1. Sayt ma'muriyati va foydalanuvchi orasida kelib chiqishi mumkin bo'lgan kelishmovchiliklar, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan yechimga ega bo'lishi mumkin.
3.2. Kelishuvda ko'rsatilgan hech qaysi bo'lim va uning matni, sayt ma'muriyati va foydalanuvchi orasida ixtiyoriy turdagi munosabat (hamkorlik, ishga yollash va boshqalar) deb tushunilishi mumkin emas.
3.3. Foydalanuvchi kelishuvga zid bo'lgan harakatlarni amalga oshirgan taqdirda, sayt ma'muriyati ma'lum vaqt o'tgandan so'ng, shu foydalanuvchiga nisbatan O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan chora ko'rishi mumkin.
Foydalanuvchi ushbu kelishuvni to'liq o'rganib chiqqanligini va unga to'liq amal qilishini tasdiqlaydi.
Bugunoq bizga qo‘shiling va biznesingiz o‘sishiga yordam beramiz.